Ro‘zada narkoz joizmi

Assalomu alaykum! Ayol jinsiy azosi orqali tuxumdonlardan tuxumxo‘jayrasini narkoz orqali olsa ayol ro‘za bo‘lsa ro‘zasi ochiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda ayol kishining jinsiy a’zosiga dori kirgizilsa yoki jinsiy a’zo yuvilsa yoki ichidan biror urug‘ olsa ro‘za ochilmaydi deb fatvo berildi. Avval barcha kitoblarda shu qatori ustozimizning fatvolarida ham ochiladi deyilar edi. Fan taraqqiyot topgach fanga tegishli bo‘lgan fatvolar ham albatta o‘zgaradi. Avvalda quloqqa dori tomizsa ro‘za ochiladi deyilar edi. Hozirgi kunda fan quloq pardasi yirtilgandan boshqa kishilarda quloqqa tomizilgan dori ichkariga o‘tmasligi aniqlandi va ulamolar ochilmasligiga fatvo berishdi. Xuddi shuningdek ayol va erkak jinsiy a’zolardan oshqozonga yo‘l yo‘q ekanligi aniqlandi va bu holatda ham ro‘za ochilmasligiga fatvo berildi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 162 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar