Dugonam bilan tortishib qoldim

Assalomu alaykum! Yaqinda bir dugonam bilan tortishib qoldim. Ochig‘i uning gaplari dilimni og‘ritdi. Men faqatgina islomiy gaplar aytim. Namoz har bir musulmonga farz, ayol kishi xijobda avratlarini ko‘rmasligi kerak deb aytim xolos. Dugonam esa man shu gaplarni "Bir rivoyat bor bilsang bir kishi besh vaqt namoz o‘qib barcha Xudo buyurgan narsalarni qilarkin bir kishi esa aksincha sopon ekan u o‘qishni hatto bilmaskan lekin har doim Olloh dirkan ular olamdan o‘tibdi va solih inson do‘zaxga sopon esa jannatga tushibdi. Bundan farishtalar ajablanib Allohdan so‘rashibdi nega unday bo‘ldi deb shunda Olloh bu zot bila turib g‘iybatga sadaqa va boshqa xarom ishlarni qilgan sopon esa har doim namoz o‘qimasa ham meni dilidan hech qachon chiqarmagan deb javob qaytargan ekan. Avvalisi hissadan hissa buni biz emas yaratguvchimiz hal qiladi" dedi. Unga bu so‘zlarim yoqmadi shekilli. San majburlaganing uchun gunohkorsan dedi. Axir buni aytish gunohmasku? Judayam siqilib ketim. Allohni buyurganini rad etmang xech qachon kufr bo‘ladi dedim. Ayting rostan ham gunohkormanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshi bo‘libdi. Payg‘ambarlar va solih zotlar amri ma’ruf qilganlari uchun toshbo‘ron qilinganlar, qattiq haqoratlar eshitganlar. Bu yo‘lda bo‘lganlar shunga tayyor bo‘lishlari kerak. Oxiratdagi ajri ham shunga yarasha bo‘ladi. Qolaversa kelgusida ular sizdan ayb topolmaydigan solih amallarda bardavom bo‘ling. Siz hech qachon g‘iybat qilmang, go‘zal axloq bilan ularga muomalada bo‘ling. Bir kun kelib albatta ta’siri bo‘ladi. “Bo‘l” desa o‘sha zahoti bo‘lish bu Alloh taologa xos. Qolganlar shunday bo‘lishini kutishi, bo‘lmasa g‘azabi kelishi bu ahmoqlik. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar