Namozda soch yuzga tushsa

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganimda ba’zida mening oldimdagi kalta sochim ya’ni cholkam behosdan bir ikki tolasi yaxshilab o‘ragan ro‘molim tagidan chiqib qolaveradi?Namoz o‘qiyotganda soch ko‘rinib qolsa namoz qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sochni to‘rtdan biri ochilib qolsa namoz ado bo‘lmaydi. Undan kami yoki 1-2 tolasi chiqib qolsa zarari yo‘q. O‘sha sochizi biror narsa bilan mahkamlab oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar