Azaldan qoim sifat

Assalomu alaykum!Hurmatli ustoz sizga bir savolim bor edi:Savolim: Sunniy aqiydalar kitobingizni o‘qib o‘zim uchun juda kerakli ma‘lumotlarni oldim. Juda ham bahsga sabab bo‘lgan masalalarni to‘liq tushuntirib bergansiz. Alloh sizdan qilayotgan ishlaringiz uchun rozi bo‘lsin. Ustoz mazkur kitobingizdan bir joyiga unchalik tushunmadim shunga oydinlik kiritib bersangiz. 127 betdagi "ILM" sifatida ushbu so‘zlar yozilgan:"Bu sifat Alloh taoloning zotida azaldan qoim bir sifat bo‘lib, u ila narsalarni huddi voqelikdagi kabi yoki kelajakda qandoq bo‘lishini kashf va ihota qilish bog‘liqdir."Shu erda "azaldan qoim bir sifat" deganda tushuna olmadim. Hamma sifatlar ham azaldan qoim emasmi? Ustoz agarda noo‘rin savol bergan bo‘lsam meni mazur tutasiz. Biz kabi ilmi ojizlarga berayotgan ta‘limingiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin?Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman.Alloh sizdan va bizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taoloning shunga o‘xshash barcha sifatlari hammasi azaldan va doimiydir.

7 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar