Namoz o‘qiyman, ammo o‘ranmaganman

Assalomu alaykum! Hadisda "Xayz ko‘ruvchining namozini Alloh ximorsiz qabul qilmaydi". Ximor avratni to‘sadigan kiyimakan. Man namoz o‘qiyman lekin o‘ranmaganman. Juda xoxliman va albatta o‘ranaman. Xokimiyatda ishlashim bois xaligacha o‘ranmadim. Oxirgi payt xattoki shuni o‘ylab ishimda boshqa ishlamasammi deb turimman. Lekin xozirgi paytda bitta ish topish osonmas shunga xaligacha o‘ranolmadim. Mani o‘ylantirgan savol o‘ranmaganim bois namozlarim qabul bo‘lmasligi xam mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! In shaa Alloh namoz zimmangizdan ado bo‘ladi. Namoz vaqtida o‘ranish farzligini bilsangiz kerak. O‘ranishni farzligini bilishingiz katta gap. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar