Salafiy ulamolar

Assalomu alaykum!  Abror Muxtor Alining (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) Usman al-Xamis haqida gapirganlarini eshitdim. U kishi haqida yaxshi fikr bildirdilar va u kishini salafiy ulamolardanligini ularning fatvolari bizga to‘g‘ri kelmaydi, o‘sha joy uchun moslashgan, shariat ham sharoitga qarab o‘zgaradi degan yaxshi gaplarni aytdilar. Izlash xizmatidagi savollarni o‘qiyotib, salafilar haqida berilgan fikrlar Abror Muxtor Alining bergan yaxshi fikrlarga to‘g‘ri kelmagandek tuyildi. Iltimos ustozlar shunga aniqlik kiritob bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishining ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari bor. O‘zlariga murojaat qilsangiz, aytgan so‘zlarini sharhlab beradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 160 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar