Juda xijolatlik muxim savol

Assalomu alaykum! Uylanganimdan keyin, ayolimni imkon boricha xar-xil marosimlarga, zarur bo‘lmagan yig‘inlarga yubormaslikni niyat qildim. Onam bir kuni ayolimni qarindoshimiznikiga to‘yga olib bormoqchi bo‘ldilar, men rozi bo‘lmadim. Onam juda yaqin qarindoshimiznikiligi tufayli olib borishni juda xoxladilar. Xullas men ishga ketdim va kun yarmida bildimki onam ayolimni o‘sha erga olib ketibtilar. Shu payt men telefon orqali onamga jaxl ustida axmoqlik qilib uyga olib kelmay o‘zining uyiga tashlab kelavering endi deb qo‘ydim. (Niyatim unaqa emas edi) lekin onam bilan ayolim uyga qaytib kelishdi. Shunga o‘xshash bir ikki gap so‘zlar bo‘lgan lekin birortasida niyatim ayolimni uydan ketishini istamay gapirganman. Meni shu axmoqliklarimdan taloq bilan bog‘liqlik bormi yo‘qmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gaplarda niyat e’tiborga olinadi. Taloq niyatida aytmagan bo‘lsangiz taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar