Ayolim qaynona bilan yashameyman desa

Assalomu alaykum! Mening to‘yimga 5 oy bo‘lgan. Ayolim va onam orasida tushunmovchiliklar ko‘p bo‘lib otyabdi. Endi ayolim aloxida kvartira olib chiqaylik demoqda. Instagramda imomlar gapirayatgan videolarini ko‘rsatdi, islomda ayolning xaqqi bor emish, qaynona bilan yashameyman deishga. Uyda kalta va ochiq-sochiq yurgim keladi siz uchun deydi. Qaynona bor uyda buni qilib bo‘lmaydi deb judda xafa bo‘lyabdi. Bo‘lak chiqishga pulim alhamdulillah etarli, lekin bu qanchalik to‘g‘ri ekanini bilmay turibman. Ayolim qaynona bilan yashameyman desa - javobini berib yuborimi? Onamga xam kelinlari yoqmaydi, bolak bolib chiqsak men ular bilan qolishimni aytdilar. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holat bizning urfga singib ketgan. Siz ota-onangiz istaganidek ular bilan birga yashab, xizmatini qilib yurishingiz kerak. Xotiningiz alohida uy istasa marhamat sharoit qilib bering. Lekin onangizni tashlab keta olmaganingiz uchun yana bir xotin olishga majbur bo‘lib qolasiz. Shu tufayli eng to‘g‘ri yo‘l, urfni e’tiborini olib xotiningiz qaynonasi ya’ni onangiz bilan murosa qilib yashashni o‘rgansin. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 19:41 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar