Boshqa din vakillariga ehson

Assalomu alaykum! Men bir oila haqida eshitdim. U oila ehtiyojmand ekan. 13 ta bolasi bor ekan. Faqat u oila xristian dinida. O‘zim foydalanmayotgan kiyimlarni bermoqchiydim, yon atrofimda ehtiyojmand musulmon oilani bilmayman. Shu xristian oilasiga ehson qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Siz ularga yanada ko‘proq ehson qilishingiz  kerak. Shunda siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tiriltirgan bo‘lasiz. Qalblarni ulfat qilish uchun ulkan qadam qo‘ygan bo‘lasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalblarni ulfat qilish uchun musulmon bo‘lmagan ba’zi bir kishilarga yuztalab tuya berganlar. Zakot va sadaqai fitr bundan mustasno. Uni musulmon insonga berishi shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:16 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar