Sigir sog‘ish

Assalomu alaykum! Uztozlar, sigir sog‘ayotganimizda ba’zida tusatdan bavl qilib yuboradi. Chelakni ko‘tarishga ulgurmay, siydigi igna uchidek miqdorda bo‘lsa ham baribir sachrab sutga tushadi. Bir chelak sutni to‘kib yuborishga ko‘z qiymaydi, bolalarimiz sutga ko‘z tikib qarab turishadi. Ichish joizmi shunday sutni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulamolar “Zarurat yuzasidan, bavl qilganda ignaning uchicha sachraganini afuv qilingan” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar