Allohdan unga jazo berishini so‘rayman

Assalomu alaykum! Meni bir yaqin insonim tuxmat qildi, ya’ni o‘z nomini oqlash maqsadida bo‘hton ag‘darib ko‘nglimni juda ham qattiq og‘ritgan. Uning qilgan ishlari, odamlarga aygan gaplari jonimdan o‘tib ketgan, judda ham qattiq qiynalganman. Men bularni so‘z bilan tasvirlab bera olmayman. Men Allohdan uning jazosini berishini, men chekkan azoblarni u ham chekishini so‘rayman. Ba’zan bu ishim noto‘g‘riligini o‘ylab fikrlarim chalkashib ketadi. Mening bu ishim to‘g‘rimi? Men birinchi marotaba murojaat qilmoqdaman. Agar fiklarimni sizlarga etkazib bera olmagan bo‘lsam oldindan uzr so‘rayman. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أشعث عن الحسن مرسلا إن لله بابا في الجنة لا يدخله إلا من عفا عن مظلمة ومنها الباب الأيمن وهو باب المتوكلين الذي يدخل منه من لا حساب عليه ولا عذاب Hasan Basriy rahmatullohi alayhdan mursal(Hasan Basriy o‘zi eshitgan sahobani qoldirib, to‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan) holatda rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning jannatda bir eshigi bo‘lib, undan faqatgina ko‘rgan zulmidan afu qilganlargina kiradi. Shuningdek o‘sha darvozalardan biri o‘ng taraf darvozasi bo‘lib, u tavakkul qiluvchilarning darvozasidir. Undan hisob-kitob qilinmaydigan va azob tortmaydiganlar kiradi”. (“Fathul Boriy” kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:27 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar