Erim qaynonam aytganidan chiqmaydi

Assalomu alaykum! Oilaviy sharoit tufayli rossiyada turmushga chiqqandim. Ikki qizim bor, qaynonam bilan birga yashashdan avval erim bilan juda baxtli edik. Keyin qaynonam xar xil irim sirimlari bilan qichiq janjallar boshladida keyin janjallar kattaga aylandi. 4 marta erim bollarim uchun qaynonamga yalinib yolvordim. Dekabr oyida bollarim bilan xaydab yubordilar. Erim onasini aytganini qilib kemadilar. Avval bir taloq berib keyin qaytib ogandilar. Ikkinchi taloqni xam berdilar, oradan bir oy o‘tmay aloqada bo‘ldilar. Kecha uchinchi taloqni xam berdilar. Ovsinimni aytishicha qaynonam “mani desang u bilan yashamaysan, yashatmeman” debdilar. Man bilgan erim onasini aytganidan chiqmaydi. O‘z fikrini bildirmedi, bollarim yosh, kattasi 5 kichigi 1 yashar. Katta qizim dadam bilan yasheylik deb yig‘lab qo‘ymayabdi. Nikoximizni saqlashni biror yo‘li bormi? Mani umidim bir kun erim xatosini tushunib kelib qolar, balkim bollarim yana o‘z dadasi bilan birga yashashar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushibdi. Sizlarni birga yashashlaringizga hech qanaqasiga yo‘l yo‘q. Siz boshqaga turmushga chiqasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar