Ziyoratgoxlardagi joxillik xakida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bu johillik Qorakalpog‘istondagi Kechirmas ota ziyoratgoxida bo‘ldi. U erda bir otaxon bilan qanaqadir mo‘jizalar bo‘lganmish (eshitishimizcha). Xozir u kishi olamdan o‘tganlar, ammo o‘g‘illari bizadayam "iloxiydan tekkan" deb odamlarni seans qilyapti(ya’ni, elkasidan shapati uradi). Seans paytida "faqat Allohdan so‘ranglar" deyishadi. Ammo o‘sha erda ko‘rilgan makbara atrofidan odamlarga aylanishni buyurishadi. Ayrimlar yiqilib, yig‘lab dardlariga shifo so‘rayapti, afsuski qabrga qarab. Odamlar juda ko‘p, xamma viloyatlardan, xattoki qo‘shni respublikalardanam kelishgan. Maxalliy axolidan so‘rasak Kechirmas ota kim bo‘lganliklari xaqida birontayam ma’lumot olmadik. Lekin xar turli kasallar rostdanam tuzalib ketganini aytishyapti. Xatto bunaqa mo‘jizalar xaqida kitobchalar xam chop etilib, sotilyapti(muallifi Roxila Siddiq). Aytinglarchi, sizlarda mana shu ziyoratgox to‘g‘risida nima ma’lumot bor? U kishi kim bo‘lgan aslida? Nima sababdan u erdagi xolatga diniy xodimlar aralashishmaydi? Axir, boshqa shunaqangi joylarni nazorat qilinib, islomiy odoblarga katta e’tibor qilinadiku(Xudoga shukr). U erga kelganlarni ko‘pchiligi o‘sha erdagi qabrlarni tavof qilishyapti. Yana ayrimlari hatto daraxtlarniyam, simchup(stolbaniyam) va xayriya qutilariniyam tavof qilishyapti.... O‘zim ko‘rdim.. afsuski, boshqa ta’rifga so‘z yo‘q... Azizlar, sizlar bunga nima deysizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. muslim.uz saytiga murojaat qiling.

26 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar