Benamoz holda vafot etganlar uchun amallar bormi?

Assalomu alaykum! Oilaning yoshi ulug‘lari farz amallari, ya’ni ro‘za va namozlarini bajarmagan xolda olamdan o‘tsalar, farzandlari va nabiralari ularning oxiratdagi azoblarini kamaytirish uchun qanday amallarni bajarishlari mumkin? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qoldirgan namoz va ro‘zalarini fidyalarini hisoblab berishsin. Ular uchun qilingan ehsonning eng afzali shu. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 164 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar