Birovning haqqi bo‘lib qoladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men muzqaymoq sotadigan joyda ishlayman. Bizda har kuni ish tugagach hisob kitob bo‘ladi va muzqaymoq miqdori o‘lchanadi. Shu holatda bizda muzqaymoqni ko‘p quyib yuborilgan, kam quyib yuborilgan bo‘ladi.  Savolim bilibmi yoki bilmastan haridorlarga muzqaymoqni kam quysak birovni haqqini egan bo‘lib hisoblanmaymizmi? Bu oxiratimizga zarar bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda qasddan urib qolmasangiz xalq buncha miqdoriga rozi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar