Tasbex namozi tartibi

Assalomu alaykum! Tasbex namozida Fotiha surasi va zam suradan keyin tasbex aytilishi yozilgan ekan. Rukuda va rukudan turganda hamda sajdada tasbexlar oldin aytiladimi yoki keyinmi? Qadada Attaxiyottidan oldin aytilar ekan. Iltimos Tasbexlar aytilish tartibini kengroq tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tasbeh namozida sano o‘qilganidan keyin 15 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni o‘qiladi. So‘ng Fotiha va zam surasi o‘qiladi. Ruku’ga ketishdan avval 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» o‘qiladi. Ruku’da 3 bor odatda aytiladigan tasbeh aytilgach, 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni aytiladi. So‘ng ruku’dan qavmaga qaytiladi, “Robbanalakal hamd”ni aytganidan keyin sajdaga ketishdan avval 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni aytiladi. So‘ng sajdaga borilib, sajdaning odatda aytiladigan tasbehini uch bor aytgandan keyin 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» aytiladi. Birinchi sajdadan boshni ko‘tarib, jalsaga o‘tiriladi va jalsada 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» aytilinadi. Ikkinchi bor sajdaga ketiladi, yana sajdaning odatda aytiladigan tasbehini uch bor aytgandan keyin 10 bor «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» aytilinadi. Shu bilan 75ta tasbih aytilgan bo‘ladi. Ikkinchi rak’atga turganda ham uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarga turganda ham Fotiha surasini boshlashdan avval 15tadan «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni aytiladi va qolganini yuqorida zikr qilinganidek davom etirilaveradi. Shu bilan 4 rak’atda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 280 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar