Aprel yomg‘ir(nayson) hadisi bormi?
Assalomu alaykum! Bir qarindoshim savol so‘rab berishimni iltimos qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom menga o‘rgatdi. Sizlarga uni aytib beraman, kim (nayson) aprelda yomg‘ir yog‘ganida suvidan olib, 70 martadan fatiha, oyatal kursini, falaq, nas, kafirun, suralarini o‘qib dam solib ichsa erkak va ayol bepusht bo‘lsa farzand ko‘radi, falaj bo‘lmaydi, tanadagi bor kasalliklar tuzaladi, deyilibdi. Telegramdan kelgan xabar ekan. Shunday mazmunda hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. Agar to‘qima deyilsa, to‘qima bo‘lishi uchun ham sanadi bo‘lishi kerak. Bu gap hech qaysi hadis kitoblarirda kelmagan. Ba’zi joylarda shu ma’nodagi gap "shialarning kitoblarida bor" deyilgan ekan. Shialarning Zodul Obidin degan kitobida bor ekan, lekin kitobning muallifi yolg‘onda ayblangan. Sanadini zikr qilgan odamlar ham "majhul(noma’lum) odamlar" deyilgan. Bu asli yo‘q gap. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:30 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar