Ijtimoiy tarmoqdagi videolar
Assalomu alaykum! Hozirda tik tok har xil ijtimoiy tarmoqlar yoshlar orasida juda rivojlanib ketgan. Kimni qo‘liga qarasayiz telefon. Xo‘jayinim o‘rta yoshda. Tez-tez tik tok ko‘rib turadilar. Tik tokda qisqa videolar ko‘rsatiladi. Ayoldan tortib yosh bolagacha, kerakli keraksiz, xullas ommaga har xil videolarni efirga quyishadi. Tik tokda avrati ochiq ayollar reklamaga ko‘p chiqadi, yo badanini reklamaga chiqaradi, qo‘shiqlarda o‘ynashadi... qanaqadir savollar berib, soxta go‘zalligini reklamaga chiqarishadi... Xo‘jayinimni tik toklarida chiqib qoladi. 3-4 marta o‘sha ayollarni tik tokda ko‘rib turishlarini ko‘rganman. Soxta go‘zalligi bilan erkaklarni o‘ziga jalb qilayotgan bu ayollarni qiliģidan tilimga qarģish ham keladi astaģfirulloh. Savolim shuki, xo‘jayinimni bunday videolarni ko‘rib turishlari qanchalik to‘ģri... bu ham ko‘z zinosi to‘ģrimi... qanday chora ko‘rsam boladi bu holatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahramga qarash harom amal bo‘lib ko‘z zinosi hisoblanadi, gunoh ekani va bu qalb qorayishiga sabab bo‘lishini chiroyli uslub bilan ayting. Mo‘min inson vaqtini faqat va faqat dunyo va oxirati uchun foydali amallarga ishlatishi lozim. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar