Taomlanmasdan ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Ro‘za tutmoqlikni 1-2 yildan beri boshladim. ramazon paytida bazan 1 yoki 2 marta uhlab qolsam o‘sha kunga tutmayman. Niyat qilip tutvosa bo‘lishini bilaman, lekin chiday olmasamchi yana boshqa hayollar bilan qazosini tutaman degan niyatda uhlab qolgan kunimi tutmayman..— yoki bo‘lmasam mening soham sport, biz o‘ynimiz bor kuni ro‘za tutmaymiz. Bizga murabbiylar o‘namaydi va sharoitni yo‘q qilib qo‘yadi o‘sha kunga. Shu holatlarni bir do‘stimga aytsam atayin tutmaganlikka kiradi va kafforat ro‘za bo‘ladi demoqda. Agarda rostdan shunday bo‘lsa oldin tutmagan ro‘zalarimchi, ularni hukmi qandoq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taomlanmasangiz ham ro‘zani tuting. Buning uchun taom emas Allohga bo‘lgan ishonch kerak. o‘sha kuni Allohga qattiq bog‘lanib “To‘ydiruvchi ham och qoldiruvchi ham O‘zingsan” deb mahkam Allohga bog‘lanib ro‘zani tuting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar