Akamning xatosi

Assalomu alaykum! Akam bor, 5-6 yil bo‘layapti namoz o‘qiydi, xar xil diniy maruzalar eshitadi. Xullas islomga berilgan va oilamizda dindan chuqurroq xabari bor inson. Bobom xaqdan xabari bor, ammo siyosat, davlat vakili bo‘lgani uchun namoz o‘qimaydi, masjidlarga bormaydi va doim aytadilarki xammasi qalbga bog‘lik Alloh kechurguvchi zod deb. Ammo akam bobomga dindan aql o‘rgatayveradi, bazida shu borada ikkalasi baqirib baxslashadi va bobomni besavodlikda ayblaydi. Bir kuni buni ko‘rib chidab turolmay bobomga baqirishga undaydigan bo‘lsa yig‘ishtir namozingni avval odam bo‘l deb baqirdim. Keyin tortishib qoldi, shunga mo‘mini dindan chiqarmoqchi bo‘lgan odam gunoxini olmadimikan deb o‘ylab qoldim. Akamni ishlari to‘g‘rimi(dindan xabari bor odam xammaga xam aql o‘rgatib baqirishga katta odamni bexurmat qilishga xaqqi bormi) va men gaplarimdan qanchalik gunoxkor bo‘lganimi aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akangiz mutlaqo noto‘g‘ri ish qilayapti ekan. Bobongizga bir marta chiroyli qilib aytib qo‘yishga haqqi bor. Qabul qilmasa qaytib gapirishga haqqi yo‘q. Akangiz oxiratini kuydirmasin aytib qo‘ying. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:31 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar