Kinodan xulosa

Assalomu alaykum! Umar ibn Hattob roziyallohu anhu haqidagi serialni  ko‘rib menda bir nechta savol paydo bo‘ldi. U kinoda Abu Laxab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni muzammil deb haqorat qiladi. Bu haqorat so‘zmi? Axir bunday so‘z bilan sura nomlangangu? Ya’ni o‘ranib oluvchi deyilgan so‘z emasmi?
Albatta seralda yoshi katta odamlar hassa ushlab yuradi. Bilamizki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga payg‘ambarlik 40 yoshida bo‘lgan. Bu albatta kuch quvvat ketgan payti. Ammo kinoda Payg‘ambarimizning timsoli ko‘rsatilmagan. Savolim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham doim hassa ushlab yurganmilar va bu odat jumadagi imom xutba o‘qigan paytdagi hassa ushlab o‘qishi bilan bog‘liqligi bormi? Oldin rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1).  Abu Lahab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muzzammil demagan. Boshqacha so‘zni aytgan, lekin biz u gapni aytgimiz ham kelmaydi. 2). Aso tutish payg‘ambarlarning sunnatlaridandir. Xutbada aso tutishni shart yoki zaruriy deb bilish joiz emas. Gohida tutib gohida tutmasa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 81 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar