Janozada iqtido qilgan nima o‘qiydi

Assalomu alaykum! Janoza namozida salovat bilan janoza duosini faqat imom o‘qiydimi yoki xamma o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Janozada ikki farz bor. Biri tik turish, ikkinchisi imom to‘rt takbir aytgan vaqtda qavm ham to‘rt takbirni aytishi. Qolganlari sunnat. Imom takbir aytganda muqtadiylar aytmasa yoki birorta takbirni qoldirishsa muqtadiylar namoz o‘qimagan hisoblanishadi. Chunki ular zimmasiga farz bo‘lgan amalni bajarishmagan bo‘lishadi. Janoza namozida imom va muqtadiy hammasi takbirni ham aytadi va duolarni ham o‘qiydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar