Alloh Rozi bo‘lsin

Assalamu alaykum Hazrat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Yangi "Mukammal saodat yo‘li" nomli kitobingizni o‘qidim. Alloh sizi Ilmingizni ziyoda qilsin. Anchadan beri men ham o‘ylab yurar edim lekin bunaqa kitob chiqadi deb tasavvur ham qilmagan edim. To‘g‘rirog‘i Omad sari yo‘l ko‘rsatuvchi Turli kitoblarni o‘qioganman va ular meni hech qoniqtira olmagan sababi men Sizning Hadis va hayot va boshqa kitoblaringizni muntazam olib o‘qiyman shunga bo‘lsa kerak D.Karnegi va boshqalarni kitobi meni to‘la qoniqtira olmagan. Meni tanishlarim doim shu ma‘nodagi kitoblarni o‘qib yurishar edi keyin menga bu kitoblarni maqtashar edi. men indamasdan qo‘ya qolar edim mana endi ularga tavsiya qiladigan Kitob chiqqanidan benihoya xursandman. Oxirgi ikki hikoyani o‘qib qalbim yumshab rosa yig‘ladim. Sizga "Sunniy aqiydalar" va Ushbu "Mukammal saodat yo‘li" nomli kitoblaringiz uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Alloh siz sababli menga va boshqa musulmonlarga bergan manfaatlarini bundan ham ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Omin! Sizga tashakkurlar bo‘lsin!

6 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar