Temir pirga is chiqarish

Assalomi alaykum! Men ko‘proq temirga texnikaga ishlayman. Ilojim boricha timirchilar piri bo‘lmish xazrati Dovud alayxissalomga deb is qildiraman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishingiz shirk. Temirchilarning piriga atab qon chiqarish joiz emas. Odamlar pirlarga atab odat qilib olgan shunaqa qatlama, chalpak, cho‘zma, hamr osh, bo‘g‘irsoq va holvatar kabilar ham joiz emas. Alloh taolodan boshqasi uchun atab qilingan har bir narsa harom hisoblanadi.  Alloh taolo “Moida” surasida marhmat qiladi: وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِالأَزْلاَمِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ 3. Sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, yirtqich egan hayvonlar – magar (o‘lmay turib) so‘yib olsangiz (halol) – va butlarga so‘yilgan hayvonlar hamda cho‘plar ila fol ochishingiz harom qilindi. Bu fisqdir.
Johiliy arablarning turli butlari bo‘lib, ularga atab jonliq so‘yishar va qonini o‘sha butlarga surtishar edi. Bunday hayvonlarning go‘shti, garchi Allohning nomini aytib so‘yilgan bo‘lsa ham, butlarga atab so‘yilgani uchun haromdir.
Oyat davomida katta ma’naviy harom ish ham zikr etilgan.
«Bu fisqdir».
Alloh harom qilgan ishlarni qilmog‘ingiz fisq, ya’ni din amridan chiqishdir. Butlarga so‘yilganlarning qatoriga muqaddas deb bilingan shaxs yoki joy yoki narsalarga atab so‘yilgan narsalar ham atab pishirilgan narsalar ham halol bo‘lmaydi. Shuning uchun ulamolar “biror ulug‘ zotni masalan hajga borgan odamni oyog‘ini ostiga jonliq so‘yish joiz emas. Bunday hayvonlarning go‘shti, garchi Allohning nomini aytib so‘yilgan bo‘lsa ham, o‘shalarga atab so‘yilgani uchun haromdir” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar