Ichgan odamning duosi
Assalomu alaykum! Ustozlar ichkilik ichgan odamning duosi 40 kun qabul bo‘lmasligi rostmi.? Agar qabul bo‘lmasa u qilgan duolar 40 kungacha arshga ko‘tarilmay turadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabul bo‘lmasligi sahih hadisda kelgan, ammo ba’zi odamlar “40 kungacha toza bo‘lmayman ekan” deb farz namozlarini tark qilishadi. Bu ahmoqlik ustiga ahmoqlikdir. Chunki bunday holatda qilgan ahmoqligini tezdan yuvishga shoshilish, farz bo‘lgan ibodatlarni ado qilishga shoshilish kerak. Chunki Alloh bizga muhtoj emas, biz Allohga muhtojmiz. Tavba qilsak o‘sha holatda tavbamiz qabul bo‘lishida shak-shubha yo‘q. Luqmani duoga aloqasi bo‘lsa ham tavbaga aloqasi yo‘q. O‘sha holda ham namozlarni o‘qilsa namozlari zimmadan ado bo‘ladi, qiyomat kuni nega o‘qimagansan degan javobgarlikka tortilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 171 | Duolar