Dori ichsa ro‘za buziladimi

Assalomu alaykum! Man xar kuni ikki maxal dori ichaman. Kasalligim epilepsiya. Dorilarimni vaqtida ichishim kerak bo‘lmasa kasallik xuruj qilib qoladi. Ro‘za tutmoqchi edim. Dorimni suvsiz ichib ro‘za tutsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni dorilaringizni ukoli bormi? Ulamolar “Yonboshga ukol qilinsa ro‘za ochilmaydi” deb fatvo berganlar. Agar imkoni bo‘lsa og‘iz ochgandan keyin va saharlik vaqti tugamasidan oldin ichishni rejalashtirib ko‘ring. Suvsiz ichsangiz ham baribir ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:36 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar