Ta’qiqlangan teridan bo‘lgan oyoq kiyimlar

Assalomu alaykum! Man savdo bilan shug‘ullanmoqchi edim. Oyoq kiyim sotmoqchiman, ularni internet orqali sotib olishga to‘g‘ri kelayapti. Ularni ayrimlarini it yoki cho‘chqa terisidan tayyorlanadi. Ularni savdosi halol bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! It terisi oshlash bilan pok bo‘ladi. Cho‘chqaning na terisi va na boshqa birorta a’zosi hech qanaqasiga pok bo‘lmaydi. Undan tayyorlangan kiyimni ham poyafzallarni ham sotish halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar