Etimni mulki

Assalomu alaykum! Otam 7 yil avval vafot etgandi, otamdan mol mulk qolgan muammo shundaki otamni otalari ya’ni bobomlar shu mulkdan bizgayam ulush ajratib berilar demoqda. Bobomlarni yana 4 ta o‘g‘illari bor, biz oilada 3 kishimiz men onam va singlim xali 14 yoshda. Men bobomlarga ulush ajratib bersam bobomlar gunoxkor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizni mulkida bobongiz va buvingizni ham haqqlari bor. Boshqa o‘g‘illarini haqqi yo‘q. Meros ilmini biladigan domlaga borib haqqlarni aniqlatib olinglar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar