Hazillashib taloq aytsa

Assalomu alaykum! Agar er xotiniga 3 taloqsan deb aytib keyin xazillashdim desa nima bo‘ladi? Bunday xolatda xam xotin er uchun xalol bo‘lmay qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushib, qaytib yashashga yo‘l bo‘lmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثَلَاثٌ جِدُّهُنَّ جِدٌّ وَهَزْلُهُنَّ جِدٌّ: النِّكَاحُ، وَالطَّلَاقُ، وَالرَّجْعَةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy: nikohning, taloqning va raj’atning», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar