Erni poklash (dush erini)

Assalomu alaykum! Najosat tekkan er tabiiy ravishda qurisa anashu er pok bo‘lishini ancha vaqt avval savol-javobda o‘qigan edim, men dushimiz eriga najosat tushganligini aniq bilaman, yana maniy tekkan kiyimni ham dushda yuvganman, yuvishda foydalangan suvim ozgina bo‘lsa o‘sha erga yuvgandan so‘ng qolgan suvini ham oqqizib yuborgan bo‘lishim mumkin, dushimiz ichiga deyarli quyosh tushmaydi dushdan doimiy foydalanilganligi uchun doim ho‘l holatda turadi agar tabiiy ravishda quritmoqchi bo‘lsak 2-3 hafta balki undan ko‘p vaqt foydalanmasligimzga to‘g‘ri kelsa kerak. Manashu dushimiz erini qanday poklasak bo‘ladi tabiiy ravishda qurishidan boshqa usuli bormi? So‘raganimning sababi ko‘pincha dushda taxorat qilamiz yoki yuvinganimdan so‘ng erga tushib menga sachiragan suvlarni artganim bilan ham barbir sochiqga tegadi kiyimga ham tegish ehtimoli yuqori. dushimiz eri bitondan, bitonni tagida isitgichi bor shu isitgich yordamida dushimizning er bitonini quritsam er pok bo‘ladimi? 2) lekin devorlarida isitgich yo‘q devoriga ham erga tushgan suv sachiragan va kir yuvganimdagi suv tomchilari ham devorga sachiragan, shu devorni ustidan suv oqqizib yuborsam ham pok bo‘ladimi qurimagan taqdirda ham. (maniy tekkan kiyimlarimni dushda yuvaman sababi uyimizda kelinlarimiz ham bor bunday kiyimlarimni tashqarida yuvolmayman yo‘qsa qanday kiyim yuvayotganim ko‘rinib qoladi buni men hohlamayan.)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat tekkan er qurishi bilan pok bo‘ladi degan hukmdan beton yoki kafel yoki yog‘och pol nazarda tutilmagan, balki tashqaridagi yumshoq tuproqli er nazarda tutilgan. Sizning hammomingizdagi erni uch marotaba suv bilan yuvsa pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 Iyun 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar