Ikkinchi oila

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, juda qiyin ahvoldamiz. Yaqinlarim ajrashish arafasida. 7 yil turmush, 2 farzand bor o‘rtada. Er (F) ikkinchi xotin nikohlabdi. Ayolning boshqa erdan 3 farzandi bor. Ayoli (S) siz bilan yashayman, faqat undan voz kechin deb o‘tiribti. (F) ning otasi xatto OQ qildi. Voz kechish niyati yuq. Ikkinchi xotin xaqida xatto o‘z singlisi (taqvodor, xozir Umrada) yaxshi ma’lumot bermadi. “Oraligini uzish kerak tezda” dedi. (F) masjiddagi domladan shu xaqida so‘ragan ekan, butun oilang voz kechsa ham, u dunyo uchun ikkinchi nikohingdan voz kechma debti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotin erini bu darajada burchakka tiqishga haqqi yo‘q. Inson biror narsaga ehtiyoji bo‘lsa shundagina u narsaga qo‘l uradi. Haloldan ehtiyojini qondirmasa haromga qo‘l uradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar