Unutib bitta sajda qilsa
Assalomu alaykum! Namoz o‘quvchi namozni bir rak’atida bir sajda qilib keyin sajdai sahv qilib namozini tugatsa namozi namoz bo‘ladimi? Ikki rak’atida ham shunday bo‘lsa bir sajdai sahv qilsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz bo‘lmaydi. Esiga tushgan vaqt qoldirgan sajdasini ado qilishi kerak. sajda qilib bo‘lgach namozini kelgan joyidan davom ettirib ketaveradi. Masalan bir odam keyingi rak’atning qiroatini qilayotganida birinchi rak’atda bitta sajda qilgani esiga tushib qolsa qiroatni to‘xtatib, “Allohu akbar” deb sajdaga ketib, bir bor sajda qilib, qaytib turib, qiroatni kelgan joyidan davom ettirib ketaveradi va oxirida sajdai sahv qilib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 156 | Namoz