Zakotimiz to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan yig‘ilgan pulimiz bor. 50 mln, bu pullarimizni sheriklik savdosiga berganmiz. Shu yil zakot berayotganimizda xali foyda olmaganmiz. Shu sababli zakotni 50 mln so‘mga qarab xisobladik va zakotini berdik. Foydasi zakot berganimizdan keyin qanchaligi malum bo‘ldi. To‘g‘ri qilganmizmi? Yana o‘sha paytda mening tillalarim e’tiborimizdan chetda qolgan. 65-70gramm. Shu tillarimni xam 50 mlnga qo‘shib xisoblashimiz kerakmidi? Yoki tillalarim nisobga etmagani uchun qo‘shib xisoblanmaydimi(bu tillalarim 10 yildan beri bor). Zakotimiz noqis bo‘lmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha keyin qo‘shilgan foydasining ham qirqdan biridan chiqaringlar. Tillalarni ham qo‘shib hisoblash kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 186 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar