Mo‘min bilan musulmonning farqi
Assalomu alaykum! Mo‘min bilan musulmon odamning farqi bo‘lar ekan. Farqi nimada? Alloh rozi bo‘lsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mo‘min deb, haqiqiy iymon keltirgan kishiga aytiladi. Unday insonni musulmonligi mukammal bo‘lishi ham mumkin. Ba’zilar esa zohiriy tomondan hamma ibodatlarini mukammal qiladi-yu, iymoni sahih bo‘lmasligi mumkin. Xuddi shular haqida “Hujurot” surasida quyidagi kelgan: قَالَتِ الْأَعْرَابُ آمَنَّا قُل لَّمْ تُؤْمِنُوا وَلَكِن قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ وَإِن تُطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَا يَلِتْكُم مِّنْ أَعْمَالِكُمْ شَيْئًا إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 14. A’robiylar: «Iymon keltirdik», – deyishdi. Sen: «Iymon keltirganingiz yo‘q, lekin «Bo‘ysundik», – denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo‘q. Agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, U Zot amallaringizdan hech narsa kamaytirmas. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir», – deb ayt.
Ushbu oyatda Islom jamoasi hayotida bo‘lib o‘tgan hodisa haqida so‘z ketmoqda. Bir kuni a’robiylar – sahro arablari Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib, «Iymon keltirdik», – deb minnat qilishgan.
«A’robiylar: «Iymon keltirdik», – deyishdi».
Aslida esa ular yangi musulmonlar bo‘lib, hali haqiqiy iymon qalblaridan joy olmagan edi. Alloh taolo ularga haqiqiy iymon haqida ta’lim berishni iroda qilib, ushbu oyatni nozil qildi. Bu oyatda Nabiy alayhissalomga xitob qilinib, u kishi orqali a’robiylarga ta’lim beriladi:
«Sen: «Iymon keltirganingiz yo‘q, lekin «Bo‘ysundik», – deng¬lar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo‘q…»
Ya’ni «Ey Muhammad, sen «Iymon keltirdik», deb minnat qilayotgan o‘sha a’robiylarga: «Sizlar hali haqiqiy iymonga erishganingiz yo‘q, sizlar «Aslamnaa» – «Bo‘ysundik», ya’ni «Islomga kirdik», denglar», – deb ayt.
Ushbu oyatning ma’nosi haqida, shu mazmundagi oyat va hadislarning ma’nosi haqida ulamolar juda ko‘p tortishganlar, turli fikrlarni aytganlar.
Gapning xulosasi shuki, mukammal Islom bilan mukammal iymonning farqi yo‘q, ikkisi bir narsa. Chunki komil iymon o‘z ichiga qalbning tasdig‘ini ham, a’zolarning amalini ham oladi. Shuningdek, komil Islomda qalbni Allohga taslim qilish hamda butun a’zolarni amal bilan taslim qilish bor.
Ammo iymondan faqat qalbga taalluqli narsa, Islomdan faqat a’zolar amaliga tegishli narsa ko‘zda tutilsa, unda bu ikki ibora ikki xil ma’noni ifoda qiladi.
Jabroil alayhissalom kelib, Nabiy alayhissalomga savollar bergan hadisda xuddi shu hol ochiq-oydin ko‘ringan.
Ul zot Muhammad alayhissalomga:
– Menga Islomdan xabar ber, – dedilar. Nabiy alayhissalom:
– Islom – «Laa ilaaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», deb shahodat keltirishing, namoz o‘qishing, zakot berishing, Ramazon ro‘zasini tutishing va qodir bo‘lsang, haj qilishing, – dedilar. Jabroil alayhissalom:
– Menga iymondan xabar ber, – dedilar. Nabiy alayhissalom:
– Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga, yaxshiyu yomon qadarga ishonishing, – dedilar.
Alloh taoloning «…hali iymon qalblaringizga kirgani yo‘q», deyishidan ma’lum bo‘ladiki, inson qalbiga iymon kirishi uchun amal lozim ekan. Ya’ni zikr, Qur’on qiroati, namoz, ro‘za, haj, zakot va boshqa amallarni ado etmog‘i kerak. Shunda qalbidagi iymoni mustahkamlanib boradi. Shuning uchun ham oyatda ularning qalbiga iymon kirgani haqidagi xabardan keyin Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishga targ‘ib qilinayotir. Shunday qilsalargina, oxiratda beriladigan ajrda hech nuqson bo‘lmasligi ta’kidlanayotir:
«Agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, U Zot amallaringizdan hech narsa kamaytirmas».
Agar avval qilgan ba’zi gunohlaringiz bo‘lsa, kechirilur. Zotan,
«Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir...»
Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmli Zotdir.
Alloh taolo bu oyatda iymonni da’vo qilayotgan a’robiylarni rad qildi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 294 | Turli savollar