Sabboba ishorasi
Assalomu alaykum! “Attahiyoti”ga o‘tirgan paytimizda ishorai sabboba qilamiz. Sabboba ishorasidan keyin ko‘zimizni ishora qilgan barmoqqa tikib o‘tiramiz. Savol: ishoradan oldin, ya’ni "Laa" kalimasigacha ko‘z qay tomonga qarab turadi qalbgami yoki sajdagohgami? Qachon tugulgan barmoqlar yoyib yuboriladi salomdan oldinmi yoki salomdan keyinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu erda tashahhudda bo‘ladigan, ammo hanafiy ulamolar qilish yoki qilmaslik haqida turli fikr aytgan bir amalni ham eslab o‘tmog‘imiz yaxshi bo‘lar.
عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ إِذَا جَلَسَ فِي الصَّلَاةِ وَضَعَ كَفَّهُ الْيُمْنَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُمْنَى وَقَبَضَ أَصَابِعَهُ كُلَّهَا، وَأَشَارَ بِإِصْبَعِهِ الَّتِي تَلِي الْإِبْهَامَ، وَوَضَعَ كَفَّهُ الْيُسْرَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُسْرَى. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiiy sollallohu alayhi vasallam qachon namozda o‘tirsalar, o‘ng kaftlarini o‘ng sonlariga qo‘yar, barmoqlarini tugib, bosh barmoq yonidagi barmoqlari bilan ishora qilar edilar. Chap kaftlarini chap sonlariga qo‘yar edilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Ushbu hadisi sharifda tashahhudda o‘tirish va unda qilinadigan ishlar haqida so‘z ketmoqda.
Tashahhudda o‘tirganda o‘ng kaftni o‘ng songa, chap kaftni chap songa qo‘yib o‘tirish. Barmoqlarni qiblaga qaratib o‘tirish.
O‘ng qo‘l barmoqlarini tugib, bosh barmoq yonidagi ko‘rsatkich barmoq ila ishora qilish.
O‘sha barmoqni arab tilida «sabboba» deyiladi.
Shuning uchun tashahhudda qilinadigan ishorani ham «ishorai sabboba» deyiladi.
«Ishorai sabboba» tashahhudda «Ashhadu allaa ilaaha», deganda «Laa ilaaha»ni aytayotganda ko‘rsatkich barmoqni yuqoriga ko‘tarish va «illallohu»ni aytganda tushirish bilan bo‘ladi. O‘sha barmoqni ko‘tarishda boshqa barmoqlarni yig‘ib olinadi.
Ba’zilar ushbu rivoyatdagi «barmoqlarini tugib»ni tashahhudga o‘tirishda tugib o‘tiradi, deb tushunganlar. Shuning uchun avvaldan qo‘llarini mushtga o‘xshatib o‘tirishadi va «Laa ilaaha»ga kelganda ko‘rsatgich barmoqlarini yuqoriga ko‘tarishadi. Barmoqlarni tugmasdan, ularni oddiy holatda qiblaga qaratib, uchlarini tizzaga etkazib o‘tirish ko‘proq ma’qul bo‘lgan.
«Sabboba» so‘kish deganidir. Binobarin, «ishorai sabboba»ning ma’nosi – «so‘kish ishorasi» bo‘ladi.
Tashahhudda «Ashhadu allaa ilaaha illallohu»ning «Laa ilaaha»sida ko‘rsatkich barmoqni ko‘tarish shaytonni so‘kish bo‘ladi. «Ishorai sabboba»ni qilib, barmoqni tushirish shaytonni temir qamchi bilan urishdek gap, deyiladi.
Ishorani qilgandan so‘ng namoz tamom bo‘lguncha o‘sha barmoqqa qarab turiladi. Ishorai sabboba paytida tugilgan barmoqlar namozning oxirigacha ham yozib yubo-rilmaydi.
Ba’zi ulamolarimiz bu ishorani qilmaslikni aytganlar. Ammo Ibn Humom va Ali Qoriy kabi ulamolarimiz: «Buni qilmaslik rivoyat va diroyatga xilof bo‘ladi», deganlar.
Biz esa ustozi o‘rgatganlar qilsin, o‘rgatmaganlar qilmasin, ammo ixtilof bo‘lmasin, deymiz.
Unga hech narsani ziyoda qilmaydi.
Ya’ni qa’dai ulaa – birinchi o‘tirishda tashahhudga hech narsani ziyoda qilmaydi. Uni o‘qib bo‘lishi bilan uchinchi rak’atga turib ketaveradi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 193 | Namoz