Qur’on tilovati

Assalomu alaykum! Yaqinda, ya’ni yanvar oyining boshlarida bir ukamiz uyida buvisining vafoti munosabati bilan xudoyi qildi. Men hamda yana to‘rt kishi bordik. Borganlar ichida faqat men namoz o‘qiyman, Qur’on tilovatini qoidalar bo‘yicha o‘qiy olaman. Lekin borgan joyimizda bir yoshi 50lardan o‘tgan kishi bizga qaramasdan o‘zi tilovat qilib ketdi. Bilinib turibdi, Qur’on tilovat bo‘yicha savodi yo‘q, keyin bilsam umuman namoz ham o‘qimas ekan. Ming afsus o‘qilgan Qur’on tilovat  umuman noto‘g‘ri(Fotiha surasi keyin Ixlos surasi 3 marta o‘qidi), to‘g‘risini aytsam bu tilovatni eshitish men uchun juda xam og‘ir bo‘ldi. Qanchalar og‘ir bo‘lsa ham keyinroq tilovat qilgan akani yoniga borib, noto‘g‘ri o‘qiganliklarini, Qur’onni bunday o‘qish gunoh ekanligin aytdim. Xaligi aka mendan ozgina xafa ham bo‘ldi. Buni bir sherigim ko‘rib «Qo‘yavering o‘qisa o‘qibdi-da» deganday menga gapirdi. Men esa bu darajada bo‘lmasligi aytdim, lekin tushunishmadi. Bundan xolatlar ko‘p bo‘lib turadi. Bu xolatda mening harakatlarim noto‘g‘ri bo‘lmadimikan deb o‘ylab qoldim. Umuman shunaqa vaziyatlarda nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Noto‘g‘ri o‘qisa ham yoshini hurmat qilib o‘tirish kerakmi yoki to‘g‘risini aytib kelgan jamoada bilgan odam o‘qishini aytish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alohida, unga malol kelmaydigan uslubda bir og‘iz aytib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar