Duo qilib bandani so‘rab olish

Assalomu alaykum! Men ro‘za payti ayni duo qabul bo‘ladigan paytlarda bir insonni juda taqvodorligi uchun Allohdan shu insonni turmush o‘rtoq qilib peshonamga yoz, uni qalbiga menga nisbatan muhabbat solgin deb duo qilib so‘ragan ekanman. To‘g‘risi o‘sha payt bilmasdim bandani bunaqa qilib duo qilib so‘rab bo‘lmasligini. Keyin bilib darhol u duoni to‘xtatdim. Lekin aynan o‘sha inson meni qattiq yaxshi ko‘rib qoldi va uyimga sovchi jo‘natdi. Lekin onasi qattiq qarshilik bildirdi meni kelin qilishga. Tushunmayapman. Bu duoyim qabul bo‘lganimi yoki boshqa narsami? U insonni taqvosi uchun yoqtirardim. Hozir men nima qilay bularni sinov deb qabul qilib sabr qilaymi yoki u insondan butunlay umidimni uzaymi bunaqa qilay desam duoyim qabul bo‘lib u menga uylanmoqchiku shunga o‘ylanyapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “Robbim menga O‘zingni nazdingda solih deb bilgan bandangni nasib qilgin” deb duo qiling. Muayyan falon shaxsni deb so‘ramang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 173 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar