Namozdagi xatolar
Assalomu alaykum shayx hazratlari.Sizga hozir namoz to‘g‘risida bir nechta savollarim bilan murojaat qilmoqchiman.1. Namozni jamoat bo‘lib o‘qiganda imomlikka o‘tgan kishi qariligi vajidan xato qilib qo‘ysa (misol uchun 1 yoki rakaat kamroq o‘qisa, tovush chiqarmay o‘qisa, adashib ketsa) xato qilganini eslatish uchun biror belgi qilish kerakmi yoxud namozdan so‘ng o‘zi o‘qib olishi durustmi. Imom qilgan kamchiliklar jamoaga ham ta‘sir etmaydimi?2. Agar imom farz namozida xato qilsa sajdai sahvni jamoatning barcha a‘zolari ham imom bilan sajdai sahvni amalga oshirishi lozimmi?3.O‘qishda bo‘lganim bois ko‘pincha peshin va asr namozlarini qazo qilib o‘qiyman, deyarli doim qazo qilib o‘qishim (o‘qish yoki ish yuzasidan) ma‘qulmi?4. Agar imomlikka o‘tmoqchi bo‘lgan kishi ham sog‘lig‘i ham bilimi jihatidan zaifroq bo‘lsa unda jamoat bo‘lib emas alohida o‘qigan ma‘qul, shu fikr to‘g‘rimi?Javoblaringiz uchun rahmat. Duo qiling Alloh Ta‘olo bizlarni ham siz kabi olimlardan qilib, ilmimizni ziyoda aylasin, islom dinida, uning rivojida o‘z hissasini qo‘sha oluvchi solih va soliha bandalaridan qilsin. Parvardigor barchalarimizdan rozi bo‘lsin. Omin...Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Imom siz aytgan tarzda kamchilikka yo‘l qo‘ysa, jamoatning namoziga ham tasir qiladi. Bunday holatlarda imomga namoz ichida takbir aytish ila xatosi bildiriladi. Unda ham xatoni to‘g‘rilamasa, salomdan keyin aytiladi va hamma namozni boo‘qatdan o‘qiydi.2. Albatta!3. Yo‘q. Ma’qul emas. Ishora bilan bo‘lsa ham, vaqtida o‘qishga harakat qiling.4. Mavjud kishilar ichidan eng bilimligi imom bo‘laveradi.
27 Aprel 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 225 | Boshqa ibodatlar