Necha kishi jamoat bo‘ladi
Assalomu alaykum! Uyda 5 vaqt jamoat namozini o‘qish uchun imomdan tashqari necha kishi bo‘lishi kerak? Masjidda necha kishi bo‘lishi kerak kamida? Toshkent bosh imom xatibi “agar namoz uyda o‘qilsa imomdan tashqari 2 kishi bo‘lishi kerak. Agar masjidda bo‘lsa kamida 3 kishi bo‘lishi kerak” degan videosini eshitdim. O‘sha video telefonimda ham bor. Shunga aniqlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomdan tashqari bir kishi bo‘lishi jamoat bo‘lishga kifoya qiladi. 35-BOB.
IKKI KIShI VA UNDAN ORTIG‘I JAMOATDIRعَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا وَأَقِيمَا، ثُمَّ لِيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namoz vaqti kirganda azon va iqoma aytinglar, so‘ng (ikkingizdan) kattarog‘ingiz imom bo‘lsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 154 | Namoz