Ziyoratgohga borganda

Assalomu alaykum! Man Zangi ota tumanidagi Zangi ota Ziyoratgohi yaqinida yashiman. Juma nomozlariga chiqib turaman. Nomozdan so‘ng o‘tganlarni haqiga duo qilish uchun mozor boshiga o‘taman. Zangi buva va Ambar ona qabrlarini ziyorat qilishga yurtimizning xar bir chekkasidan ziyoratchilar kelishadi. Ularni boshiga kirishda navbat kutayotganlarning bazilari binoning devoriga qo‘l tekkazib yuzlariga surayotganlarini ko‘rib, qanchalik axmoq odamlar ekaligini o‘ylab jaxlim chiqib ketadi. Bunday xolatni yana ko‘rsam o‘sha odamga tanbex yoki aql o‘rgatishim joizmi? Agarchi u mendan katta bo‘lsa xam? Yana bir xolat: Zangi ota qabrlari boshiga kirilganda Qur’on tilovat qiladigan domla qayta-qayta: «Xudodan so‘rab duo qililar niyatingiz bo‘lsa, Zangi otadan so‘rab yubormanglar» deyishiga qaramasdan odamlar qabr tomonga yaqinroq borishga intilib tiqilib-siqilib duo qilishadi va chiqib ketayotganda qabrga orqamni ko‘rsatib chiqmay deb, orqamachoq(yuzi qabrga qarab orqaga qadam tashlab) chiqishadi. Shunday usulda chiqish kerakmi? orqasini qabrga qaratib chiqsa gunoxmi yoki makru? Yoki bu ham odamlarning o‘zicha urf-odatimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Nasihatni qo‘lidan kelgan odam qilishi kerak. Agar janjalga sabab bo‘lsa tark qilish kerak. 2). Shariatimizda mayyitni qabrga qo‘yganda o‘ng yonboshi bilan qiblaga qaratib yotqiziladi. Bundan ziyoratchi ortga qarab chiqib ketayotganda qabr sohibi unga orqasini qilib yotgan bo‘ladi. Qolaversa dinimizda bunday qilsin degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar