Tilovati sajdani xayolda o‘qish

Assalomu alaykum! Sajda oyatini ish vaqtida beixtiyor xayolan tilim va labim qimirlamagan xolda bir necha bor takrorlab yuboryapman. Shunga sajda vojib bo‘ladimi yoki vojib emasmi? Agar vojib bo‘lsa peshin yoki asrda sajda qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xayoldan o‘tkazish bilan tilovat sajdasi vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar