Ro‘zador vafot topsa

Assalomu alaykum! Ro‘za tutgan xolda vafot etsa shaxid xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bashoratlariga muvofiq quyidagi kishilar oxiratda shahidlar darajasida bo‘lib, ularga ham shahidlarga beriladigan savob, izzat-ikrom nasib bo‘ladi. Lekin ularga g‘usl, kafan kabi ishlarda shahid bo‘lmagan kishilar kabi muomala qilinadi. Shahidlarning ikkinchi qismiga kiruvchi kishilarni bir hadis va bir joyda zikr qilingan emas. Balki bir necha hadislarda alohida-alohida zikr qilingan. Muhaqqiq ulamolar o‘sha hadislarini bir risolaga ham jamlaganlar. Ibn Obidin rahmatullohi alayh o‘zlarining “Roddul Muxtor” kitoblarida hadislarning xulosasini zikr qilib o‘tganlar. Biz ham qo‘yida keltirib o‘tamiz:1). Begunoh o‘ldirilib, shahidlarning birinchi qismida zikr qilingan shartlardan ba’zilari topilmay qolgan kishi. 2). Kofir, hukumatga qarshi chiqqan yoki qaroqchiga hamla qilib xatodan o‘ziga tegib vafot etgan kishi. 3). Muslulmon mamlakatning chegarasida qo‘riqchilik qilib o‘z ajali bilan (tabiiy) vafot etgan kishi. 4). Sidqi dildan Allohning yo‘lida vafot qilishni niyat qilib, uni duosini qilib tabiiy vafot topgan kishi. 5). O‘zi va oilasini zolimlardan himoya qilib, qatl qilingan kishi. 6). Molini zolimlardan himoya qilib, qatl qilingan kishi. 7). Nohaqdan qamalib vafot etgan kishi. 8). Zulmdan qochib qochuvda vafot etgan kishi. 9). Vabodan vafot etgan. Bular qatoriga vabo vaqtida xastalanmay vafot etgan kishi. Vabo tarqagan qishloq yoki shahardan qochib ketmay, savob umidada sabr qilib qolgan bo‘lishlari sharti ila. 10). Qorin og‘rig‘i (ich ketish va ) kasalligi tufayli vafot etgan kishilar. 11). Zotiljam (pnevmoniya) kasalligidan vafot etgan kishi. 12). Sil kasalligidan vafot etgan kishi. 13). Biror ulovdan yiqib halok bo‘lgan kishi. 14). Istmadan halok bo‘lgan kishi. 15). Kemada qayt qilib vafot etgan kishi. 16). Bemorligi vaqtida qirq marta “La ilaaha illa Anta subhanaaka inii kuntu minaz zolimiin”ni aytib o‘sha bemorligida vafot etgan kishi. 17). Parkinson kasalligidan vafot etgan kishi. 18). Zaharli jonzod chaqib vafot etgan kishi. 19). Yirtqich nimtalab vafot etgan kishi. 20). Ko‘yib vafot etgan kishi. 21). Cho‘kib vafot etgan kishi. 22). Biror narsaning ostida bosilib vafot etgan kishi. 23). Homilador holatida vafot etgan ayol. 24). Tug‘ayoti yoki tug‘ib bo‘lib nifos davrida vafot etgan ayol. 25). Bokira holatida vafot etgan kishi. 26). Erining boshqa ayolga uylagani sababli g‘am chekib, unga sabr qilib vafot etgan ayol. 27). Iffatli oshiq. Ishqini berkitib g‘amida vafot etgan kishi. 28). G‘urbatda vafot etgan kishi. 29). Din ilmini tolibi. Bunga diniy olim, dars beruvchi, kitob yozuvchi. 30). Evazsiz (maoshsiz) faqat savob umidida azon aytuvchi muazzin. 31). Ahli ayolining nonu nafaqasidan xabardor, va ularning diniy tarbiyasini ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib ularga haloldan edirguvchi kishi. 32). Sodiq, diyonatdor savdogar. 33). Musulmonlar yurtiga taom etgazib beruvchi tojir. 34). Hayotini murosa qilish bilan o‘tgazgan kishi, ya’ni yomon kishilar bilan ham murosa qilgan kishi. 35). Ummat fasodga duchor bo‘lganda sunnatni mahkam tutuvchi kishi. 36). Kechasi tahorat bilan uxlab o‘sha holatda vafot etuvchi kishi. 37). Juma kuni38). Har kuni qirq marta “Allohumma baarik lii fil mavti va fiima ba’dal mavti” duosini o‘qib vafot etgan kishi. 39). Zuho namozini (doimo) o‘qigan, har oy uch kun ro‘za tutib, safarda ham vitrni tark qilmaydigan kishi. 40). Har kecha “Yasin” surasini o‘qigan kishi.   41). Har kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuz marta salavot aytgan kishi. (“Ahkaamul mayyit” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar