Qaysi oyoq bilan uydan chiqish
Assalomu alaykum! Uydan chiqishda qaysi oyoq bilan chiqiladi? Dinimizda bu xaqida ma’lumot berilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqishda ham kirishda ham o‘ng oyoq bilan. Salom berib o‘ng oyoq bilan kiriladi. Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi: فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًا فَسَلِّمُوا عَلَى أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِّنْ عِندِ اللَّهِ مُبَارَكَةً طَيِّبَةً كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُون 61....Uylarga kirgan chog‘ingizda o‘zlaringizga Allohdan bo‘lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.
Jumladagi «o‘zlaringizga» so‘zini bir-biringizga va o‘zingizga o‘zingiz, deb tushunmoq lozim. Chunki buning bayonida kelgan rivoyatlarda «Birov bir uyga kirganda o‘sha erda bor kishilarga salom beradi, agar u erda hech kim bo‘lmasa, «Assalomu alayna va ala ibadillahis-solihiyn», deb, o‘ziga va solihlarga salom beradi», – deyilgan. ("Tafsiri Halol" kitobidan). عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا خَرَجَ مِنْ بَيْتِهِ قَالَ: بِسْمِ اللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ، اللَّهُمَّ إِنَّا نَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ نَزِلَّ أَوْ نَضِلَّ أَوْ نَظْلِمَ أَوْ نُظْلَمَ أَوْ نَجْهَلَ أَوْ يُجْهَلَ عَلَيْنَا Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylaridan chiqadigan bo‘lsalar, «Bismillahi, tavakkaltu ’alallohi, Allohumma! Innaa na’uuzu bika min an nazilla av nadilla av nazlima av nuzlama av najhala av yujhala alaynaa», der edilar».
Sharh: Duoning ma’nosi: «Bismillah, Allohga tavakkul qildim. Allohim! Albatta, biz Sendan toyilishdan, zalolatga ketishdan, zulm qilishimizdan va zulmga qolishimizdan, johil bo‘lishimizdan va bizga nisbatan johillik qilinishidan panoh tilaymiz». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 194 | Islam