3 taloqni bilmasdan aytgandim

Assalomu alaykum! Men taloq so‘zini manosini, qudratini bilmasdan u so‘zni chunmasdan ayolimga 3 taloqni aytib yuborganman. Allohdan so‘rab tavba qilayapman avf etishini ixlos bilan chin yurakdan so‘ravoman. Alloh avf etguvchi zotdir, endi bo‘sa shu so‘zdan afsuslanvoman, azoblanvoman. Ayolimni boshqasi bilan tasavur qilomayaman, azoblanvoman. Men yana ayolim bilan nikox o‘qittirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz ilmi hol, ya’ni qaysi holatga duchor kelsa ya’ni uylanmoqchi bo‘lgan uylanishidan oldin, biror kasb yoki tijoratni qilmoqchi bo‘lgan unga qo‘l urishidan oldin ilmini o‘rganishi shart. Xususan har bir erkak ayolga nikoh va taloq masalalarini o‘rganishlari farzi ayn hisoblanadi. Alloh har bir insonga buni imkoniyatini ham beradi. Beparvo bo‘lib, o‘rganmaslik bandaning aybidir. Oddiy misol davlat qonunlariga zid ish yuritsangiz jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Bilmagandim deyishingiz jazodan ozod qilmaydi. Siz ham haddingizdan oshgan ekansiz, bilmay qilganmisiz, bilib qilganmizsiz baribir jazoni tortishga majbursiz. Oraga uch taloq tushgan va sizlarni birga yashashlaringiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar