Kishi xotinini singlib deb qo‘ysa

Assalomu alaykum! Kishi xotinini singlim desa ajrim tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gap bilan ajrim tushmaydi, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam er o‘z ayolini singlim deyishidan qaytarganlar. ويكره قوله : أنتِ أمي و يا ابنتي ويا أختي ونحوه . ( الدر المختار )  Er ayolini “Sen meni onamsan yoki qizimsan, singlimsan va shunga o‘xshash gaplarni aytishi makruh sanaladi” أخبرنا أبو علي الروذباري ، أنا أبو بكر بن داسه ، نا أبو داود ، نا موسى بن إسماعيل ، نا حماد ( ح ) قال : ونا أبو كامل ، نا عبد الواحد ، وخالد الطحان المعني كلهم ، عن خالد عن أبي تميمة الهجيمي أن رجلا قال لامرأته : يا أخية فقال رسول الله : أختك هي ؟ فكره ذلك ونهى عنه . ورواه عبد السلام بن Abu Tamima Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bir kishi ayoliga “Ey singilcham” degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni gapini kareh ko‘rib, “Bu seni singlingmi” dedilar va bunday deyishdan qaytardilar.
Abu Dovud va Bayhaqiylar rivoyati.
Shuningdek ayol kishi o‘z erini falonchi aka deyishi ham shariatimizda yaxshi sanalgan ish emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar