Ko‘chaga uy qurish

Assalomu alaykum! Otaning qarori bilan o‘zi xoxlamasdan aholi qatnovidagi yo‘lga uyning bir qismini qurishgan, ammo hozirda buni qiyomatdagi javobgarligidan qo‘rqishyapti, bu uyda yillardan beri yashab kelishyapti, uyni buzmasdan, kafforat berish mumkinmi va bu qanday amalga oshiriladi, yoki boshqa yo‘li bormi bu borada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolga javob berish uchun tafsilotlar etarli emas. Ko‘chaga uy qurish bilan o‘z erining harimiga uy solish o‘rtasida farq bor. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 10:50 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar