Vabodan o‘lgan insonni yoqish
Assalomu alaykum! Bilasizlar hozirda Koreya davlatida vabo tarqagan. Men shu davlatdaman, alhamdullillah bu kasallikdan zarracha ham qo‘rqqanim yo‘q. Bu kasallikga chalingan insonlarning bir qismi o‘lyapti. Bu koreyslar maytlarni yoqib yuborishadi. Agar musulmon inson shu kasallikga chalinib o‘lsa mayitni egalariga bermasdan yoqib yuborishlari mumkin. Negaki maytning tanasida shu kasallik saqlanib qolishi, agar maytni egalariga qaytarib berishsa boshqa insonlarga ham yuqtirishi mumkin. Lekin hali bunday holat musulmonlarda qayt etilgani yo‘q. Agar shu holat menda bo‘lsa, men vafot etadigon bo‘lsam mening tanamni yurtimga jo‘natishmasdan yoqib yuborishlariga rozi bo‘lsam bo‘ladimi? Menga yuqqan kasallik yurtimga, oilamga ziyon etqizishidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo Allohga tavakkal qiling, aslo tushkunlikka tushmang. Alloh taolo mehribon Zot. Musulmonlarni siz aytgan holatga solib qo‘ymaydi. Tahorat va namozda mustahkam bo‘lgan kishilarga bu kasallik in shaa Alloh yuqmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 159 | Islam