Zam suraga har xil suralardan o‘qish

Assalomu alaykum! Bitta uzun sura yodlasam va nomozda 5 yoki 6 ta oyat zamsura qilib o‘qisam, ikkinchi rakat nomozda shu to‘xtagan joyimdan davom etib ketsam bo‘ladimi? Yoki boshqa suradan boshqa oyatlar o‘qishim kerakmi? Ya’ni Yosin surasidan 5-6ta oyat o‘qib 2- rakatda Sooffaat surasidan o‘qishim to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’nolarini ham tushuna oladigan bo‘lsangiz joiz. Ma’nosini ham o‘rganib oling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 127 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar