So‘galni yo‘qotish
Assalomu alaykum! Ovsinim 26-yoshda, 4 yildan beri qo‘l panjasi ustiga so‘gallar ko‘p toshib keladi. 2-marta doktorga borib kuydirip keldik. 2-doktor bu kasalni shifosi yo‘qligini. har doim davolanib yurishini aytgan. Bizga mozor turpog‘ini suvga aralashtirip loyini surishni aytishdi va yana poytaxtimizni chekkarog‘ida So‘gal ota mozori borligini va u erga borib o‘sha erdagi imom bilan maslahat qilishni, irimlari borligini, o‘sha irimlarni qilishimiz kerakligini aytishdi. Alhamdulillah namoz o‘qiymiz, ibotatda yuramiz oilamiz bilan, ilmimiz ozligi uchun bu ishlarni qilish kerakmi yoki bu bidat amallarmi? Nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘galning yuzlab tajribadan o‘tkazilgan shifosi bor. Yaqinda shotutlar barg chiqaradi. Shunda bargini sindirilgandagi sutga o‘xshash oq suyuqlikni har kuni bir necha bor bargini uzib o‘sha suyuqlikni so‘gallarga surtilsa o‘z o‘zidan qurib tukilib ketadi. Doktorga aytinglar, shifoni Alloh beradi. To‘g‘ri nimanidir sabachi qilib qo‘yishi mumkin. Doktor tuzalmaydi emas men uni shifosiga nima sababchi bo‘lishini bilmayman deb aytsin. Doktorlar bemorlarni haqiqiy shifo beradigan Zotdan uzib ularni umidlarini qaysidir dorilarga yoki o‘zlariga bog‘lab olishadi. Bu kasallikni So‘galli otaga ham otaning tuprog‘iga ham hech qanday aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar