Kalima haqida
Assalomu alaykum! Bugun ijtimoiy tarmoqda bir video ko‘rdim. Go‘yoki xitoyliklar koronovirus tufayli xitoydagi musulmonlar kasallanmasligi tufayli 20mln xitoylik islomni qabul qildi deyilgan(adashmasam yolg‘on). Meni qattiq o‘ylantirgan gap imom ularga kalimani o‘rgatayotkanda “Ashhadu anla ilaha illaloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh va ashhadu anna Iso Abdullohi va rosuluh” degan so‘zi bo‘ldi. Ular keltirgan kalima to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U xabar rostmi yoki yolg‘onmi aslida bilmaymiz. Aytilgan kalimalar to‘g‘ri, yangi iymon keltirganlar avval masihiy dinda bo‘lganlar bo‘lsa shunday kalima aytiladi. Chunki Laa ilaaha illalloh deb turib Iyso alayhissalomni ham iloh deb bilsa mushrik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar